Jurnal haqida

Umumiy maʼlumotlar

 “Humansciences.uz: Insonshunoslik fanlari jurnali”  ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, rasman 2025-yil 6-iyun kuni 830912-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Humansciences.uz: Gumanitar fanlar jurnali — insonning tabiati, tafakkuri va intellektual rivojlanishini gumanitar va ijtimoiy fanlar kontekstida o‘rganishga bag‘ishlangan, ochiq foydalanish imkoniga ega, taqrizdan o‘tuvchi ilmiy jurnal hisoblanadi. Jurnal tarix, falsafa, iqtisodiyot, filologiya, huquq, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik va san’at tarixi kabi sohalarni qamrab olgan original ilmiy maqolalar, sharhlar va ilmiy tadqiqotlarni chop etadi.

Jurnal 2020-yildan buyon nashr etiladi.

Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Jurnal bo‘limlari
Jurnal asosan tarix, falsafa, filologiya, huquq va pedagogika yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. Shunga qaramay, psixologiya, san’at tarixi, siyosatshunoslik va sotsiologiya sohalariga oid maqolalar ham qabul qilinadi.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnalning barcha sonlari va maqolalari ochiq va bepul. Chop etilgan materiallar humansciences.uz saytining arxiv bo‘limida erkin o‘qish va yuklab olish uchun joylashtirilgan.

Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi shaxsi oshkor etilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.

Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga yuborilgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturi yordamida tekshiriladi. O‘xshashlik darajasi 15% dan oshmasligi, matnning originalligi esa kamida 85% bo‘lishi lozim.

Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.

ISSN
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN 3030-3702 raqami olingan.

Crossref DOI
Tahririyat Crossref xalqaro tashkilotining rasmiy a’zosi bo‘lib, 10.47.390 DOI prefiksidan foydalanadi. Har bir nashr qilingan son va ilmiy maqolaga yagona Crossref DOI raqami biriktiriladi, bu esa ularning doimiy identifikatsiyasini va iqtibos keltirishni ta’minlaydi.

Muassis:
Jurnal “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.

Tahririyat
Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy. 
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/Scienceproblemsteam_uz
Telefon raqami (telegram): +998996020984