YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI TARIXINI YORITUVCHI YOZMA MANBALAR TAHLILI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.47390/hum-i1v2y2026/n01

Kalit so‘zlar:

ellinizm, Strabon, Polibiy, Pompey Trog, Yustin, antik, arxeologik manbalar, numizmatika, epigrafika, Menandr, Diodot I,

Annotatsiya

Mazkur maqolada antik davrning muhim ellinistik davlatlaridan biri bo‘lgan Yunon-Baqtriya podsholigi tarixini yorituvchi yozma manbalar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda yunon va rim tarixchilarining asarlari – Strabon, Arrian, Polibiy, Pompey Trog, Yustin, Diodor, Katta Pliniy hamda Plutarx kabi mualliflarning asarlarida uchraydigan Yunon-Baqtriyaga oid ma’lumotlar ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, Hindiston va Xitoy yozma manbalari (Yuga Purana, Milinda-panha, Xanshu, Sima Syan va Chjan Syan ma’lumotlari) orqali podsholikning mintaqaviy va xalqaro aloqalari yoritiladi. Yunon-Baqtriya davlati mustaqil, qudratli ellinistik davlat sifatida Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim siyosiy hamda madaniy markaz bo‘lganligi aniqlanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-30

Qanday Iqtibos Keltirish

Suyarov, M. (2026). YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI TARIXINI YORITUVCHI YOZMA MANBALAR TAHLILI. Humansciences: Journal of Humanities, 2(1), 5-10. https://doi.org/10.47390/hum-i1v2y2026/n01