MA’MUNIYLAR DAVRIDA XORAZM IJTIMOIY HAYOTI, URF-ODATLARI VA MADANIYATI
DOI:
https://doi.org/10.47390/hum-i6v2y2026/n06Kalit so‘zlar:
Ma’muniylar, Xorazm vohasi, Abu Rayhon Beruniy, Ma’mun akademiyasi, Gurganj, xalq an’analari, turkiy taqvim, Sharq Renessansi, etnomadaniyat.Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda X asr oxiri va XI asrning dastlabki yillarida Xorazm vohasida Ma’muniylar sulolasi boshqaruvi davrida yuzaga kelgan o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy muhit, el-ulusning yashash tarzi hamda ma’naviy-axloqiy qarashlari tahlil qilinadi. Ishning metodologik asosi sifatida qomusiy mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” fundamental asari hamda Xorazm Ma’mun akademiyasi namoyandalarining qoldirgan intellektual merosi xizmat qildi. Maqolada o‘sha davr ijtimoiy infratuzilmasi, xususan, poytaxt Gurganj shahrining urbanizatsiya madaniyati, savdo tarmoqlari, diniy va jamoat maskanlari o‘tmish sayyohlarining qaydlari asosida muvozanatli yoritilgan. Shuningdek, voha xalqining taqvimiy an’analari, turkiy vaqt o‘lchovlarining hayotga tatbiq etilishi, islomgacha bo‘lgan e’tiqodiy qatlamlarning saqlanishi hamda ularning yangi diniy qadriyatlar bilan sintezi tadqiq etilgan. “Dor-ul hikma” ilmiy markazining faoliyati mintaqada intellektual muloqot madaniyatini yuksaltirgani, Beruniy va Ibn Sino kabi siymolarning o‘zaro bahslari jamiyatning ma’naviy qiyofasini belgilagani asoslab berilgan.
Iqtiboslar
1. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. I tom. – Toshkent: Fan, 1968.
2. Muyiddinov B., Teshayeva Sh. Ma’muniylar davrida ilm-fan taraqqiyoti va uning jahon tamaddunida tutgan o‘rni // Ilmiy xabarnoma. – Toshkent, 2021. – №3.
3. Ergasheva G.K. Ma’muniylar davrida ijtimoiy madaniy hayotning o‘ziga xos jihatlari. Magistrlik dissertatsiyasi. – Urganch, 2023.
4. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik: Bakalavriat talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
5. Yo‘ldoshev M. Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning mintaqa sivilizatsiyasidagi o‘rni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2018.
6. Nazirov B.S. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining diniy e’tiqodlari va sinkretizm masalalari. – Toshkent: Fan, 2015.
7. To‘rayev H. Xorazm vohasi an’anaviy kiyinish madaniyati tarixi. – Buxoro: Durdona, 2022.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Kategoriyalar
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.