O'QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARDAGI BADIIY MATNLARNI O'QITISH ORQALI O'QUVCHILARDA 4K KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.47390/hum-i2v2y2026/n03Ключевые слова:
o'qish savodxonligi, 4K ko'nikmalar, tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik, ijodkorlik, badiiy matnlar, 21-asr ko'nikmalariАннотация
Mazkur maqola o’qish savodxonligini takomillashtirish orqali o’quvchilarda 21-asrning muhim ko’nikmalari hisoblangan 4K (Tanqidiy fikrlash, Muloqot, Hamkorlik va Ijodkorlik) ko’nikmalarini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini tadqiq etadi. Unda badiiy matnlarni o’qitishning pedagogik salohiyati tahlil qilinib, ularning murakkab g’oyalar, qahramonlar psixologiyasi va madaniy kontekstlarni anglashdagi o’rni yoritiladi. Maqolada badiiy matnlar asosida 4K ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha aniq strategiyalar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi, xususan, matn tahlili, munozara, loyiha asosida ishlash va ijodiy topshiriqlar kabi metodlar muhokama qilinadi. Shuningdek, 4K ko’nikmalarini baholash mezonlari va ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo’yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot zamonaviy ta’limda o’qish savodxonligining chuqur ma’no kasb etishi hamda badiiy matnlarning o’quvchilarning kompleks rivojlanishidagi muhim rolini ta’kidlaydi.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.