TURKIY XALQLAR UMUMIY MAFKURASINI SHAKLLANTIRISHDA ZIYOLILARNING ROLI: YEVROOSIYO MINTAQASIDA TARIXIY VA ZAMONAVIY KONTEKST
Kalit so‘zlar:
Turkiy xalqlar, umumturkiy mafkura, ziyolilar, ma'rifatparvarlik, Yevroosiyo, madaniy integratsiya, til va adabiyot, ilm-fan.Annotatsiya
Ushbu maqolada Yevroosiyo mintaqasida turkiy davlatlarning tarixi va madaniyati asosida umumturkiy mafkurani shakllantirish jarayonida ziyolilarning o'rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy tajribadan kelib chiqqan holda, turli davrlarda turkiy ziyolilarning mafkuraviy izlanishlari va ularning bugungi kunda umumturkiy mafkurani rivojlantirishdagi potensial roli ko'rsatib berilgan. Tadqiqot turkiy tillar, adabiyot, san'at, ilm-fan va ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi ziyolilarning umumturkiy integratsion jarayonlardagi ishtirokini qamrab oladi. Zamonaviy sharoitda turkiy xalqlar o'rtasidagi madaniy-ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni rivojlantirishda ziyolilarning yetakchi kuch sifatidagi o'rni ochib berilgan.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Humansciences: Journal of Humanities

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.